Mironkul Group kompaniyasi Axsikent obyekti uchun zamonaviy muhandislik standartlariga javob beradigan tez quriladigan bino loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Biz biznesingiz, omborxona va ishlab chiqarish ehtiyojlaringiz uchun qisqa muddatlarda barpo etiladigan, mustahkam hamda ishonchli bino yechimlarini taqdim etamiz.
Axsikent loyihasida qo‘llanilgan LSTK metall karkaslari va sendvich panellari binoning poydevoriga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi hamda qurilish muddatini 2-3 baravarga qisqartiradi. Obyekt ichida qulay mikroklimatni saqlash hamda elektr va kommunikatsiya tarmoqlarini tartibli o‘tkazish uchun kabel lotoklarini montaj qilish hamda sanoat ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatish xizmatlari ham to‘liq topshirildi.
Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab tez quriladigan binolar buyurtma qilish hamda loyiha smetasini hisoblatish uchun Mironkul Group kompaniyasiga murojaat qiling!