«MIRANKUL VENTS» — ventilyatsiya tizimlarini loyihalash va montaj qilish hamda havo kanallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi loyiha-montaj va ishlab chiqarish kompaniyasidir.
«MIRANKUL VENTS» MChJ O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish, yirik sanoat obyektlari va zamonaviy turar-joy majmualarini barpo etish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan «MIRANKUL GROUP» tarkibiga kiradi.
«MIRANKUL VENTS» ishlab chiqarish bazasi havo kanallari va ularning fason qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy Yevropa uskunalari bilan jihozlangan. Bu esa barcha jahon standartlari va me’yorlariga javob beradigan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ventilyatsiya tizimlarining asosiy vazifasi turli xonalar va binolarda havo aylanishini ta’minlashdir:
• Turar-joy binolari
• Ofislar
• Sanoat binolari
• Omborxonalar